• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zgarishlar shamoli: Nima uchun “O‘zmetkombinat” ishonchli boshqaruvga topshirildi va ikki oy mobaynida qanday ishlar bajarildi?

    O‘zgarishlardan qo‘rqish kerak emas. Ular ko‘proq ayni kerakli paytda sodir bo‘ladi. Konfutsiy.

    Joriy yil davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni jadallashtirish, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yuqori texnologik yangi ishlab chiqarishlarni shakllantirish borasida faol ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

    Oxirgi vaqtlarda mamlakat iqtisodiyotining ko‘p sohalari zudlik bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlarga muhtojligi aniq bo‘lib qolgan edi. Albatta, bu borada samarasiz faoliyat yuritayotgan davlat korxonalarini jonlashtirish, davlat budjetidagi ortiqcha yuklarni kamaytirish, turli sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalarning xomashyoga bo‘lgan, aholining esa ish va mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradigan barqaror ishlab chiqarishni qanday ta’minlash lozimligi haqidagi savol yuzaga kelib chiqadi. Bu savolga esa, davlatga ushbu dolzarb muammolarni hal etishga ishbilarmonlar, xususiy sarmoyalar yordamga kelib, davlat va xususiy sektor hamkorligi amaliyotidan foydalanish ayni muddaodir.

    Jahon tajribasida kuzatilishicha, davlat xususiy sektorni sheriklikka jalb qilar ekan, mamlakat infratuzilmasining texnologik va texnik rivojlantirish, davlat mulki borasida raqobat bozori va infratuzilmaviy loyihalarning jadal sur’atlarda amalga oshirishga erishadi.

    Bundan tashqari, budjet mablag‘larining samarali foydalanilishiga, loyiha yuzasidan mavjud muammolarning ma’lum qismi davlat zimmasidan xususiy sarmoyadorga o‘tkazilishiga erishilib, mazkur jarayonga samarali boshqaruv jalb etiladi hamda mamlakat hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlarining budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oshishiga muvaffaq bo‘linadi.

    Misol tariqasida, Yevropa davlatlari orasida davlat va xususiy sektor sherikligida amalga oshirilayotgan loyihalar soni bo‘yicha Buyuk Britaniya barqaror ravishda 1-o‘rinni egallab kelmoqda (38 foiz). Undan keyingi o‘rinlarda Fransiya (17 foiz), Germaniya (12 foiz) va Ispaniya (12 foiz) turadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, Buyuk Britaniyada yuqori sifatga ega bo‘lgan davlat va xususiy sektor sherikchiligiga iqtisodiyot va aholi ehtiyojlariga zamonaviy xizmat ko‘rsatishning va mamlakat raqobatbardoshligini oshirishning muhim instrumenti sifatida yondashiladi.

    Davlat va xususiy sektor sherikchiligining hayotiy layoqati nafaqat qulay iqtisodiy kon’yunkturaga ega bo‘lgan rivojlangan bozorlarda, balki boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda, jumladan, yuqori cheklovli moliyalashtirish sharoiti mavjud bo‘lgan holatlarida ham isbotlangan.

    Shu munosabat bilan davlat rahbariyati tomonidan oxirgi vaqtlarda bir qancha muhim va allaqachon qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlar qabul qilindi. Ulardan biri – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PP-3277-raqamli qarori bo‘lib, ushbu qarorga muvofiq “O‘zmetkombinat” AJdagi davlat ulushi SFI Management Group kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga topshirildi.

    Qayd etilgan ishonchli boshqaruvga topshirishdan aniq maqsadlar ko‘zlangan bo‘lib, jumladan, “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruv tizimini takomillashtirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarni tatbiq etish lozim bo‘ladi.

    Umumiy qoidaga ko‘ra, davlat o‘z ulushini ishonchli boshqaruvga topshirishi uchun, asosan, xalqaro andazalar hamda korxona foydasini oshirish uchun innovatsion yondashuvlarni qo‘llovchi kompaniyani jalb etishi lozim bo‘ladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sentabr oyidagi qarori qabul qilinishi vaqtida “O‘zmetkombinat” AJ ko‘rsatkichlari samarasiz korxonaga oid barcha kamchiliklarni namoyon qilib kelayotgan edi. Jumladan, ishlab chiqarilgan qora metall unga bo‘lgan ehtiyojni umuman qoplamasdi, qora metallni to‘plash ishlari ham samarasiz tashkil etilgan edi. Ayniqsa, qora metallni sotib olish narxi juda ham past belgilanganligi sababli noqonuniy sotib oluvchilar va qora metallni chetga olib chiqish harakatlari yuzaga kelib chiqqan edi.

    Boshqaruvchi qompaniyaning ishga tushganiga juda qisqa vaqt bo‘lganiga qaramay, korxona yangi imijga ega bo‘lganligini, uning ish faoliyatida tubdan o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini qayd etish lozim.

    Birinchi navbatda, “O‘zmetkombinat” AJ tarkibiga “Ikkilamchi qora metall” birlashmasi o‘zining hududiy tuzilmalari bilan kiritildi. Metall chiqindilari metallurgiya sanoati uchun ajoyib xomashyo bazasi bo‘lib hisoblanadi, chunki metall chiqindilari yetarli hajmda to‘plansa, kon qazilmalariga sarflanadigan xarajatlarni amalga oshirish zarurati qolmaydi. Shuning uchun ham xomashyoni to‘plash samaradorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, xomashyo to‘plovchilarning kombinat tarkibiga kiritilishi tezkor qarorlarni ijro etish vaqtini qisqartirish, qora metall bozorining sharoitlariga mutanosib munosabat bildirish imkoniyatini beradi.

    Ikkinchidan, korxonaning bir qator rahbariy lavozimlariga o‘z sohasining ustamoni bo‘lgan xorijiy va mahalliy mutaxassislar tayinlandi. Hisobot va nazoratning zamonaviy xalqaro usullari joriy etilib, xomashyo yuzasidan mavjud yo‘qotishlar va tayyor mahsulotga ketadigan xarajatlarni qisqartirishga erishildi.

    Shu bilan bir qatorda, boshqaruvchi kompaniya tomonidan kombinat uchun zararli va foydasizligi aniq bo‘lgan tolling va shu kabi boshqa shubhali operatsiyalarga barham berildi. Tijoratning yangi tartibiga muvofiq, metallolom va qora metall chiqindilari yetkazib beruvchilardan to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olishning yo‘lga qo‘yilishi natijasida turli vositachilar va noqonuniy yo‘llardan voz kechildi.

    Davlat tomonidan barchaga O‘zbekiston hududida to‘plangan metallolom va qora metall chiqindilari kombinatga topshirish majburiyati yuklangan bo‘lib, oldingi holatdan farqli ravishda ularning manfaatlari ham hozirgi kunda inobatga olindi. Muqaddam bir tonna metall chiqindisi uchun to‘lov 250 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu narx to‘rt barovarga oshirilib, 1 million so‘mga ko‘tarildi (QQSsiz).

    Bundan tashqari, kombinat ishlab chiqargan tayyor mahsulotlar asosan birja savdolari orqali iste’molchilarga sotish amaliyoti joriy etildi. Bu esa narxni belgilashning shaffofliligini, uning haqqoniyliligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib, korxona foydasining oshishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, boshqaruvchi kompaniya tomonidan 250 million AQSh dollarilik qora metall eksportini amalga oshirilishi kutilmoqda.

    Yangi rahbariyat nazaridan kombinat xodimlari ham chetda qolganlari yo‘q. Joriy yil noyabr oyidan boshlab ularning ish haqlari o‘rtacha hisobda 15 foizga oshirildi. Xodimlar yuzasidan amalga oshiriladigan yangi siyosatda asosiy e’tibor ishlab chiqarishga bevosita jalb etilgan xodim kadrlarga qaratilishini ham alohida qayd etish lozim.

    O‘zbekistonda davlat va xususiy sektor sherikchiligi endigina yuzaga kelib chiqmoqda. Jahon amaliyotida namoyon bo‘lishicha, hozirgi kunda, biror-bir mamlakatning rivojlanishi va faoliyatining muvaffaqiyati davlat va tadbirkorlarning hamkorligi qanchalik darajada samarali tashkil etilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Respublika metallurgiya sohasini yangilanishi borasida SFI Management Group xususiy kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihani esa davlatimiz iqtisodiyotidagi ijobiy o‘zgarishlarga yaqqol misol qilish mumkin.

    Reklama huquqi asosida.

    07.12.2017, 11:00   Izoh (0)   12599
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangandagi kam ta’minlangan oilaga Prezident nomidan gaz balloni va plita sovg‘a qilindi

    07.12.2017, 10:32

    Farg‘onada yordamga muhtoj fuqarolarga qishki kiyim-kechaklar tarqatildi (foto)

    07.12.2017, 09:49

    Human Rights Watch O‘zbekistonda “avval bo‘lmagan ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar”ni ko‘rdi

    07.12.2017, 09:20

    Binolarda mo‘tadil iqlim sharoitlarini yaratishda ventilyatsiya jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish me’yorlari

    07.12.2017, 09:00

    Shayxontohur tumanida 40 yoshli tadbirkor pichoqlab ketildi

    06.12.2017, 23:57

    Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv media markazi ishga tushiriladi

    06.12.2017, 23:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ramzan Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li uylandi

    Dunyo | 29 iyun, 23:40

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

    Sport | 29 iyun, 23:09

    “Uy oldi-sotdisini naqdsiz shaklga o‘tkazmoqchimiz” — Mubin Mirzayev

    O‘zbekiston | 29 iyun, 23:05

    Ozarbayjon Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari tashrifini bekor qildi

    Dunyo | 29 iyun, 23:00

    “Nasiya bozorini davlat tomonidan tartibga solish rejalashtirilgan” — Timur Ishmetov

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 22:30

    Superliga. “Buxoro” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 29 iyun, 22:15

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.