Iordan daryosining G‘arbiy sohili va G‘azo sektorida 7-dekabr, payshanba kuni Isroil huquq-tartibot xodimlari bilan yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 50 dan ziyod falastinlik tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
To‘qnashuvlar AQSh prezidenti Donald Tramp kuni kecha Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olgani va mamlakat elchixonasini shu shaharga ko‘chirish haqida qaror qabul qilgani sabab uyushtirilgan norozilik namoyishlari oqibatida yuz berdi.
“Bugun G‘arbiy sohildagi Qizil Yarim Oy guruhlari 49 nafar jabrlangan shaxsga yordam ko‘rsatdi”, — deydi tashkilot vakillari.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchilar orasida rezina o‘qlardan yaralanganlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan zaharlanganlar bor.
G‘azo sektori sog‘liqni saqlash tizimi vakilining ma’lum qilishicha, anklav chegaralari yaqinida Isroil harbiylari bilan yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida uch kishi jabrlangan.
Izoh (0)