• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Britaniya monarxi oilasi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 10 ta qiziqarli fakt

    Zamonaviy dunyodagi qirollik oilalaridan eng mashhuri — Britaniya qirollik oilasi. Yelizaveta II, uning farzandlari, nabiralari va evaralari hayotini sayyoraning turli burchaklari aholisi kuzatib boradi. Biroq ana shunday diqqat bilan kuzatishlarga qaramasdan, ba’zi faktlar nazardan chetda qolishi mumkin.

    AdMe Vindzorlar oilasi haqidagi eng qiziqarli savollarga javoblar to‘pladi.

    1. Britaniya qirollik oilasi a’zolari soni nechta?
    So‘zning asl ma’nosiga ko‘ra, qirollik oilasiga 15 kishi tegishli.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Yelizaveta II va uning turmush o‘rtog‘i Filipp, ularning farzandlari (Charlz, Anna, Endryu, Edvard), ularning nabiralari (Uilyam, Garri, Beatrisa, Yevgeniya, Jeyms, Luiza), evaralari (shahzoda Jorj va Malika Sharlotta), shuningdek, qirolichaning singlisi Margaret ushbu unvon sohiblaridir.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bundan tashqari, yana 15 kishi qirolicha bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarindosh, biroq unvonga ega emas va taxtga da’vo qilmaydi. Bu gersoglar, graflar, lordlar va ledilardir.

    1. Qirolichaning kuni qanday o‘tadi?
    Qirolicha tonggi 07:30 da uyqudan turadi. Bu paytda unga shakarsiz choy va sut bilan “Meri” pechenyesi tortiladi. Yelizaveta aynan qaysi choy navini yoqtirishini aniq aytish qiyin: ba’zi manbalar bu Earl Grey, boshqalari esa English Breakfast ekanligini ta’kidlaydi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    8:30 da Yelizaveta II turmush o‘rtog‘i Edinburg gersogi bilan Bukingem saroyi bog‘iga qaragan oshxonada nonushta qiladi. Stolda odatda makkajo‘xori bodrog‘i, yogurt va zarang siropli yoki marmeladli tostlar bo‘ladi. Qirolicha nonushta vaqtida gazeta, odatda Daily Telegraph yoki Racing Post’ni o‘qiydi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ertalabki nonushtadan so‘ng qirolicha yordamchilari bilan turli masalalar bo‘yicha brifing o‘tkazadi. Bu paytda pochta ham muhokama qilinadi, Yelizaveta uni shaxsan ko‘zdan kechiradi — bu har kuni 200—300 ga yaqin xatni tashkil etadi. Kech oqshomga qadar qirolicha rasmiy uchrashuv va tadbirlar bilan band bo‘ladi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Yelizaveta uxlashdan avval ham faqat davlat ahamiyatiga molik ishlar bilan shug‘ullanadi: u kunning asosiy mavzusidagi barcha hujjatlarni o‘qib chiqadi, ular har kuni qirolichaga qizil qutida yetkaziladi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    1. Yelizaveta II ning sevimli taqinchog‘i
    Uch qator marvarid marjon deyarli har doim qirolicha bo‘ynini bezab turadi — bu uning uslubi tashrif qog‘ozi. Yelizaveta o‘n yosh ekanligida ana shunday marjonni unga bobosi Georg V sovg‘a qilgan, shunday so‘ng u qirolichaning sevimli taqinchog‘iga aylangan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Biroz keyinroq Yelizavetaning buvisi qirolicha Meri unga marvarid zirak hadya qiladi. Hozirgi kunga qadar bunday komplekt zamonaviy monarx obrazi bir qismini tashkil etadi.

    1. Taxtni egallashda ism o‘zgartirish an’anasi
    Qadimdan turli mamlakatlar monarxlari hokimiyatda ekanligida tug‘ilgan paytida berilgan ismdan boshqa ismni qabul qilgan. Britaniya ham bu an’anaga rioya qiladi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Masalan, qirolicha Viktoriya koronatsiyaga qadar malika Aleksandrina, qirol Georg esa Albert bo‘lgan. Yelizaveta II esa ismini o‘zgartirmaslikni ma’qul ko‘rdi, chunki bu majburiy sanalmaydi.

    1. Unvon bo‘yicha xato fikrlar
    Yelizaveta ko‘pincha Angliya qirolichasi deb ataladi, biroq bu noto‘g‘ri. Birinchidan, u butun Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi va Shimoliy Irlandiya monarxi hisoblanadi. Angliya esa uning bir qismi, xolos.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ikkinchidan, monarxga boshqa mamlakatlar: Avstraliya, Antigua va Barbuda, Bagama orollari, Barbados, Beliz, Grenada, Kanada, Yangi Zelandiya, Papua — Yangi Gvineya, Sent-Vinsent va Grenadin, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Solomon orollari, Tuvalu, Yamayka ham bo‘ysunadi. Shuning uchun Yelizaveta II — 16 davlatning qirolichasi.

    Malikalar borasida ham yanglish fikrlar tarqalgan. Ledi Dini shahzoda Charlz bilan to‘yidan so‘ng malika deb atay boshlashdi. Biroq u nasl-nasabi bo‘yicha malika emas, shuning uchun uning unvoni “Malika Charlz Uelskiy Qirolicha Oliyalari” sifatida yangrashi lozim.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    1. Shahzodalar qirollik ishlaridan bo‘sh vaqtida nima bilan mashg‘ul bo‘ladi?
    Uilyam oxirgi ikki yilda East Anglian Air Ambulance’da ishladi. Shahzodaning ish smenasi 9,5 soat davom etdi, bu haftasiga taxminan 20 soatdir. Gersog butun maoshini tibbiyot xizmati xayriya jamg‘armasiga o‘tkazgan. 2017-yilning 27-martida Kembrij gersogi tez yordam uchuvchisi lavozimini tark etdi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Uilyam uchuvchi karyerasini 2008-yilda, Britaniya Harbiy-havo kuchlari qidiruv-qutqaruv xizmatiga safiga qo‘shilgandan so‘ng boshlagan. U yerda 2014-yilghacha xizmat qilgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Shahzoda Garri ham harbiy sifatida karyera qildi. Sandxerstdagi akademiyani tugatib, katta akasi kabi kavaleriya polkiga qo‘shilgan.

    Shahzoda Garri ikki marta Afg‘onistonda bo‘lgan, bir marta — harbiy vertolyot uchuvchisi sifatida. Keyinroq mazkur harbiy harakatlardagi ishtiroki uchun medal bilan taqdirlangan.

    U, shuningdek, Avstraliya qurolli kuchlari aksilterrorchilik mashg‘ulotlarida ishtirok etgan.

    1. Yelizavetaga qirollik oilasi a’zolari qanday murojaat qiladi?
    Rasmiy manbalarga ko‘ra, oila a’zolari qirolichaga murojaat qilishning o‘z imtiyozlariga ega. Masalan, Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i uni Lilibet deb ataydi. Bo‘lajak qirolicha juda kichkina ekanligida, “Yelizaveta” ismini talaffuz qila olmaganda o‘zini shunday atagan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Oilaning qolgan yoshi katta a’zolari uni ko‘rganda “Hazrati Oliyalari” deb murojaat qilishi lozim. Hatto uning o‘g‘li Charlz ham qirolicha Mommy (“Oyijon”) deb atashdan avval bu rasmiyatchilikka rioya qilishi kerak.

    Evaralar uchun bu doiralar bu qadar talabchan emas. Shahzoda Jorj Yelizaveta II ga Gan-Gan deb murojaat qiladi. U “katta buvi” (Great-Grandmother) so‘zini aynan shunday talaffuz qiladi.

    1. Qirolicha — tejamkorlik namunasi
    Yelizaveta II juda tejamkor va o‘z fuqarolariga ajoyib namuna bo‘la oladi. U xonadan chiqishdan avval albatta chiroqni o‘chiradi, saroyda yashovchi boshqalardan ham shuni talab qiladi. Qirolicha bitta ko‘ylakni ancha vaqt kiyadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Yana u uzoq yillardan beri tirnoqlar uchun qimmat bo‘lmagan lakdan foydalanishni ma’qul ko‘radi. 1989-yilda Yelizaveta Essie firmasining “Balet tufelkasi” nomli lakini o‘zi uchun kashf etgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ehtimol, qirolicha unda osuda rang va qimmat bo‘lmagan narx (bankachasi uchun atigi 9 dollar) uyg‘unligini topgan.

    1. Yelizaveta II qaysi mamlakatlarda ko‘proq bo‘ladi?
    Bukingem saroyi vakillarining ma’lum qilishicha, qirolichaning barcha xorijiy safarlari Britaniya hukumati tavsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi. Shuning uchun Yelizaveta joriy davlat ishlaridan kelib chiqib tashrif buyurishi lozim bo‘lgan mamlakatlarga ko‘proq safar qiladi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Qirolicha taxtni egallab turgan 65 yil davomida 120 dan ortiq rasmiy tashrifni amalga oshirgan. Eng ko‘p Kanadaga (27 marta) va Avstraliyaga (18 marta) borgan.

    1. Yelizaveta II ning fashistik salomi bilan bog‘liq mojaro surati
    2015-yilda Britaniyaning Sun gazetasi 1933-yilgi suratni chop etdi. Unda yetti yoshli Yelizaveta, uning kichik singlisi Meri, ularning onasi va amakisi Edvard fashistik salomlashish uchun qo‘l ko‘targanligi taxmin qilinadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bukingem saroyi oilaviy xronikasi gazeta tahririyatiga qanday tushib qolganligi noma’lum. Biroq qirollik oilasi vakillari Sun xodimlari harakatidan hafsalasi pir bo‘lganligini ma’lum qildi. Ular bu yerda tarixiy kontekstni muhim deb hisoblaydi: bu o‘yin davomidagi oilaviy sahna, qo‘l harakati esa — shunchaki harakat, u o‘sha vaqtlarda teleekranlarda tez-tez paydo bo‘lgan.

    05.12.2017, 23:07   Izoh (0)   27935
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ispaniyada salkam 6 tonna kokain musodara qilindi

    05.12.2017, 22:56

    Ispaniya Kataloniya sobiq yetakchisini hibsga olish uchun berilgan orderni bekor qildi

    05.12.2017, 22:25

    Saakashvilining advokati: Mijozim Ukraina konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darishga urinishda ayblanmoqda

    05.12.2017, 18:46

    Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Time jurnali o‘quvchilari talqiniga ko‘ra “Yil odami” bo‘ldi

    05.12.2017, 17:42

    Argentina mudofaa vaziri ilk marta “San Xuan” suvosti kemasi ekipaji halokatini oshkora tan oldi

    05.12.2017, 17:31

    AQSh Oliy sudi Trampning immigratsiyaga oid farmoni amalda bo‘lishini tikladi

    05.12.2017, 17:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lavrov: “Ukraina Putin shartini bajarsagina, mavjud bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi”

    Dunyo | 25 avgust, 10:11

    Ronaldu tarixiy natija qayd etdi

    Sport | 25 avgust, 09:49

    Qancha iste’mol qilinsa ham semirtirmaydigan 15 ta foydali mahsulot

    Go‘zallik | 25 avgust, 09:45

    Rossiya va Ukraina o‘rtasida 300 ga yaqin asirlar almashildi (foto)

    Dunyo | 25 avgust, 09:35

    O‘zbekistonda nomuvofiq mahsulotlar haqida xabar berganlarni moddiy rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

    O‘zbekiston | 25 avgust, 09:22

    Fransiya antisemitizm da’volari yuzasidan AQSH elchisini chaqirtirdi

    Dunyo | 25 avgust, 09:05

    “Rossiya Ukraina hududiy yaxlitligini saqlab qolishini tan oldi” — AQSH vitse-prezidenti

    Dunyo | 25 avgust, 08:40

    Toshkentda deputatlar issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshirilishini ma’qulladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 08:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.