Ispaniya oliy sudi sudyasi Pablo Lyarena Kataloniya sobiq yetakchisi Karles Puchdemon va mintaqa hukumatining 4 nafar maslahatchisini hibsga olishga uchun berilgan Yevropa orderlarini qaytarib oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Gap 1-oktabrda mustaqillik to‘g‘risida referendum o‘tkazishga urinishlari Ispaniya rasmiylarining jiddiy qarshiligiga uchragandan so‘ng Belgiyaga yo‘l olgan Kataloniya rahbariyatining sobiq vakillari haqida ketmoqda.
Puchdemon va uning safdoshlari noyabrda Belgiya politsiyasiga o‘zlari taslim bo‘lgan, biroq keyinchalik shartli ravishda ozod qilingandi.
Ispaniya sudyasining qarori Belgiya rasmiylariga yetkazilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)