Kiyevda Ukraina huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan qo‘lga olingan Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining advokati mijoziga qanday ayblovlar qo‘yilganini ma’lum qildi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
“Saakashvili konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga urinishda ayblanmoqda”, — dedi advokat Pavel Bogomazov.
O‘z navbatida, Ukraina xavfsizlik xizmati Gruziya sobiq prezidenti jinoiy tashkilotlarga sheriklik va ularning faoliyatini yashirishda gumon qilinayotgani bildirdi.
Oldinroq Saakashvilining Kiyevdagi kvartirasida Ukraina bosh prokuraturasi va xavfsizlik xizmati vakillari tintuv o‘tkazdi. Uning o‘zi qo‘lga olingani taqdirda ko‘p qavatli uy tomidan sakrashni va’da qilgandi.
Izoh (0)