Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al Saud Time jurnali mushtariylari talqiniga ko‘ra “Yil odami” bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Amerikada chop etiladigan nashr tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari jurnal saytida e’lon qilindi.
O‘tgan oyda o‘z mamlakatida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi kampaniyani yo‘lga qo‘ygan monarx uchun mushtariylarning 24 foizi ovoz bergan.
Reytingning ikkinchi o‘rnidan 6 foiz ovoz bilan #Metoo (“Men ham”) xeshtegi joy oldi. Mazkur xeshteg jinsiy zo‘ravonlikka uchragan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan mazkur illatga qarshi kurashish uchun foydalanilgan.
Uchinchi o‘rinni esa 5 foiz ovoz bilan Dreamers — AQSh hududiga bolaligida kelgan noqonuniy muhojirlar egallagan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mushtariylarning uch foiz ovozini qo‘lga kiritgan.
U beshinchi o‘rinni Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Rim papasi Fransisk hamda taniqli amerikalik teleboshlovchi Jimmi Kimmel bilan bo‘lishgan.
Tramp 2 foiz ovoz bilan oltinchi o‘rinni zabt etgan.
Ma’lumot uchun, Time 1927-yildan beri “Yil odami”ni aniqlaydi.
Izoh (0)