AQSh Oliy sudi 4-dekabr, dushanba kuni prezident Donald Trampning immigratsiyaga oid farmoni amalda bo‘lishini tikladi. Bu haqda sud matbuot xizmati tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
Hujjatda 9 sudyadan 7 nafari Vashington ma’muriyatining davlat rahbari sentabrda imzolagan yangi farmonga quyi instansiyalar qo‘ygan taqiqni bekor qilish haqidagi so‘rovini qondirish uchun ovoz bergani bildirilgan.
Shu tariqa, sud qarori Suriya, Eron, Chad, Yaman, Liviya va Somali, shuningdek, Shimoliy Koreya va Venesuela fuqarolari AQShga kirishini man etishga ruxsat beradi.
Bayonotda sud qaroriga izoh berilmagan, biroq mazkur ish bo‘yicha quyi instansiyalar — San-Fransisko (Kaliforniya shtati) va Richmond (Virjiniya shtati) apellyatsiya sudlarida jarayon davom etishi kutilayotgani ta’kidlangan. Shu haftada ularda joriy etilayotgan taqiq prezidentning immigratsiya sohasidagi vakolatlariga nechog‘li muvofiq kelishi yuzasidan tomonlar munozarasi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)