Yangiyo‘lda har bir AQSh dollarini 8150 so‘mdan hisoblab sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Yangiyul tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida A.Ortiqov nomidagi qishloq fuqarolar yig‘ini Oybek ko‘chasida yashovchi 1967-yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs o‘z tanishiga noqonuniy ravishda 6 500 AQSh dollarini 52 975 000 so‘mga sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Dollar sotgan shaxsning boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomashinasi ko‘zdan kechirilganida, u yerda 3 815 000 so‘m miqdorida pullar borligi aniqlangan hamda ular ham daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan.
“Holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Izoh (0)