Xitoy shimolidagi Tyanszin shahridagi 38 qavatli osmono‘par binoda yuz bergan yong‘in qurbonlari soni o‘n kishiga yetdi, deb xabar beradi “TASS”.
Bundan tashqari, yana besh kishi yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Binoning yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul shaxslar hibsga olingan”, — deyiladi xabarda.
Yong‘in 38 qavatli binoning yuqori qavatlaridan birida 1-dekabr kuni yuzaga kelgan. Mahalliy hukumat vakillari yong‘in kelib chiqish sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)