Argentina rasmiylari “San-Xuan” suv osti kemasi ekipajini qutqarish operatsiyasini yakunlash haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishi lozim. Bu haqda dengizchilardan birining otasi Luis Tagliapetra ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Yakuniy qaror oliy bosh qo‘mondon, ya’ni prezidentga bog‘liq. U ushbu adolatsiz va asossiz qarorni bekor qilishi kerak. Chunki ekipaj a’zolarini qutqarib bo‘lmasligiga hech bir dalil yo‘q”, — dedi u La Nacion Mas telekanali efirida.
U, shuningdek, operatsiyani qidiruv hududiga Sophie Siem kemasi yetib kelganidan atigi ikki kun o‘tib to‘xtatishga qaror qilinganini “tushunarsiz” deb atadi. Uning bortida AQSh taqdim etgan suv osti kemalarni qutqarishga mo‘ljallangan kichik submarina bor edi.
Izoh (0)