Amerikalik sobiq dengiz piyodachisi Kennet Franklin Sindzato Yaponiyada o‘tgan yil bahorida 20 yoshli qizni o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Naxa shahri sudi (Okinava prefekturasi) 1-dekabr, juma kuni shunday qaror qabul qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Sud qarori ayblov tomoni talablariga to‘liq muvofiq keldi. Amerikalikning o‘zi, shuningdek, himoyasi uning harakatlari qasddan bo‘lmaganini isbotlashgan urindi.
33 yoshli Sindzato 2007—2014-yillarda AQShning Okinavadagi aviabazasida xizmat qilgan, keyinchalik u yerda fuqaro mutaxassisi sifatida ishlash uchun qolgandi. Qotillik 28-aprelda amalga oshirilgan, biroq qizning jasadi 19-mayda topildi.
Sindzatoning mashinasidan marhuma DNKsi topilgach, politsiya uni hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Keyinchalik sobiq harbiy yapon qizni bo‘g‘ib o‘ldirgani, pichoqlagani va jasadni yo‘qotganini tan olgandi.
Izoh (0)