• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident qurilish sohasidagi kamchiliklarni va sustkashliklarni ta’kidlab o‘tdi

    2017-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida arxitektura va qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari yuzasidan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi rahbarlarining hisoboti eshitildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: “Olx.uz”

    Foto: “Olx.uz”

    Yig‘ilishda aholiga arzon va qulay uy-joylar barpo etish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan birga, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimining faoliyati tanqid qilindi va islohotlarni amalga oshirish sust olib borilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

    Sohaga doir normativ hujjatlar, jumladan, shaharsozlik qoidalari va qurilish me’yorlarining aksariyat qismi eskirgan, sobiq tuzum davridan qolib ketgan, dedi davlat rahbari. Ushbu me’yorlarni zamonaviy talablarga moslashtirish bo‘yicha ko‘plab topshiriq berilgan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishda natijaga erishilmagan.

    Jahon banki e’lon qilgan reytingda O‘zbekiston yer ajratish va qurilishga ruxsat olish pozitsiyasi bo‘yicha 135-o‘rinda bo‘lib, bu ishlarga o‘rtacha 246 kun vaqt ketishi ham qurilish sohasida olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirish zarurligiga yana bir yaqqol dalildir.

    Shu bilan birga, shaharlarning bosh rejalari, qishloqlarda arxitektura-rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish talabga mutlaqo javob bermaydi. Xususan, 2011-2018-yillarda shaharsozlik hujjatlarini yangilash bo‘yicha dastur atigi 30-40 foiz bajarilgan yoki jami 1 ming 200 shahar va shaharchadan faqat 207 tasining (17 foizi) bosh rejasi mavjud.

    Buning oqibatida shaharlar va tumanlarda o‘zboshimchalik bilan va chala loyihalar asosida qurish holatlari davom etmoqda. Bu esa mazkur aholi punktlari qiyofasi jiddiy buzilishiga olib kelmoqda, deb ta’kidladi Prezident.

    Shuningdek, yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan loyiha institutlari faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, bu borada ilg‘or chet el tajribasi joriy etilmayotgani tanqid qilindi. Jumladan, qurilish loyihalari sifati past, narxi esa asossiz ravishda yuqoriligicha qolmoqda. O‘z navbatida, bino va inshootlarni loyihalashtirishda ekologik jihatdan xavfsizlik va energiyatejamkorlikni ta’minlash masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Buning oqibatida aksariyat qurilayotgan bino-inshootlar bir qolipda va ko‘rimsiz bo‘lib, aholi punktlari qiyofasini o‘zgartirishga xizmat qilmayapti.

    Yig‘ilishda qurilish va loyihalash bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifati ham talabga javob bermasligi qayd etildi. Xususan, tizimdagi 500 ga yaqin vakant o‘rinlar, jumladan, tuman (shahar) arxitektura va qurilish bo‘limlaridagi 110 va loyiha tashkilotlaridagi 200 ga yaqin vakant shtatlarni to‘ldirishni tezlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

    Shuningdek, har tomonlama salohiyatga ega bo‘lgan professional qurilish-pudrat tashkilotlari shakllanmagani, ulardagi mavjud moddiy-texnik baza, moliyaviy manbalar tobora ortib borayotgan qurilish ishlari hajmini to‘liq qoplashga qodir emasligi alohida qayd etildi.

    Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda shaharsozlik va qurilish qoidalarini yangilash va ixchamlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish, shuningdek, aholi punktlari bosh rejasini tayyorlash va tasdiqlash bo‘yicha yangi uch yillik dasturni hukumatga tasdiqlash uchun kiritish topshirildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda yer ajratish, qurilishni loyihalashtirish va foydalanishga topshirish bo‘yicha amaldagi qoidalarni qisqartirish va ochiq-oydin bo‘lishini ta’minlash yuzasidan hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi.

    Qurilish-pudrat tashkilotlarini rivojlantirish, ularni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash hamda bosh loyiha institutlari tarkibiy tuzilmasi va kadrlar salohiyatini qayta ko‘rib chiqqan holda, zamonaviy arxitektura talablari asosida har qanday turdagi loyiha ishlarini amalga oshira oladigan tashkilotlarga aylantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

    Yig‘ilishda shaharlardagi ko‘p qavatli arzon uylar va qishloq joylardagi namunali uylarni sifatli qurish va muddatida topshirish, odamlarning bu uylarga ko‘chib kirishini tashkil etish ishlarini jadallashtirish vazifasi yuklatildi.

    Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatov, “Qishloq qurilish invest” va “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyalari rahbarlari Q.Hoshimbekov va Z.Narzullayev viloyatlar hokimlari bilan birgalikda ushbu uylarning ko‘rsatilgan muddatda topshirilishi uchun shaxsan javob berishi belgilab qo‘yildi.

    Yig‘ilishda qurilish materiallari, jumladan, sement, pishgan g‘isht, qurilish oynasi, chaqiq tosh va qum kabi noruda materiallarning narxlari oshib ketishi va bunga asosiy sabab bo‘lgan mahalliy ishlab chiqarish hajmi ichki talab va eksport uchun yetarli emasligi natijasida olibsotarlik avjiga chiqqani jiddiy tanqid qilindi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatov, “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi raisi B.Zaripovga mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash asosida qurilish materiallari ishlab chiqarishni keskin oshirish, ularni iste’molchilarga yetkazib berish narxlari o‘zgarishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatish va shu orqali narxlarning asossiz ravishda oshib ketishining oldini olish, ichki talabni to‘liq qondirish va eksportni ta’minlash bo‘yicha hukumat qarorini tayyorlash va tasdiqlatish hamda uni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

    Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

    01.12.2017, 10:42   Izoh (0)   14838
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2017-yil 19 mingdan ortiq qishloq oilasi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ladi

    01.12.2017, 10:32

    Atlas Mebel mebellar savdo majmuasida yangi yil aksiyasi

    01.12.2017, 10:00

    O‘zbekistonda qadoqlangan suv yetkazib beruvchi yangi Agat brendi ish boshladi

    01.12.2017, 09:00

    Xushnudbek Xudayberdiyev: aslida O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi 172 ming so‘m emas, balki 426 ming so‘m

    01.12.2017, 08:46

    Galina Melnikovaga Rossiya prezidenti nomidan Do‘stlik ordeni topshirildi

    01.12.2017, 08:33

    Musulmonlar idorasi Muhammad payg‘ambar (s.a.v) tavallud topgan oy boshlanganini ma’lum qildi

    30.11.2017, 21:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda erkak smartfoniga chaqmoq urushi oqibatida halok bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyun, 23:40

    “Isroil G‘arbning cheksiz qo‘llab-quvvatlashi tufayli Eronga hujum qildi” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 16 iyun, 23:30

    Tramp Kanadada o‘tkaziladigan G7 sammitida Zelenskiy bilan muzokaralar olib boradi

    Dunyo | 16 iyun, 23:20

    Nigeriya qariyb 30 yil oldin qatl etilgan “Ogoni-to‘qqizlik” a’zolarini vafotidan so‘ng afv etdi

    Dunyo | 16 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 16-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 iyun, 23:00

    “AQSH Isroilning Eronga hujum qilishiga yo‘l qo‘yib, xalqaro huquqni buzdi” — Eron prezidenti

    Dunyo | 16 iyun, 22:50

    Toshkentda katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 22:40

    Florian Virts hafta oxirida “Liverpul”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

    Sport | 16 iyun, 22:38

    “O‘lim syujetning butunlay o‘zgarishiga turtki bo‘ladi”. Turk seriallarida bosh qahramonlar halok bo‘lishining 5 sababi

    Madaniyat | 16 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.