2017-yilning 29-dekabri va 2018-yil 5-yanvarida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Bangkokka qo‘shimcha reyslar joriy etmoqda. Bu haqda 1News xabar berdi.
Bundan tashqari, 2017-yil 25-dekabri va 2018-yil 4-yanvarida Kuala-Lumpurga qo‘shimcha reyslar ochilmoqda. Ushbu reyslar Yangi Yilni Tailand va Malayziyada kutishni rejalashtirgan o‘zbekistonliklarga mo‘ljallangan.
Reyslarning qatnov grafigi quyidagicha:
25-dekabr, 4-yanvar HY 8551 — Toshkent (19:00) – Kuala-Lumpur (05:35) +1;
26-dekabr, 5-yanvar HY 8552 — Kuala-Lumpur (07:00) – Toshkent (11:55);
29-dekabr, 5-yanvar HY 8531 — Toshkent (19:45) – Bangkok (04:00) +1;
30-dekabr, 6-yanvar HY 8532 — Bangkok (06:00) – Toshkent (10:50).
Reyslar zamonaviy Boeing-767 laynerlarida amalga oshiriladi.
Izoh (0)