O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Kun.uz” o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, O‘zbekiston Hisob palatasi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamshid Xo‘jayev Tashqi savdo vazirligi rahbariga aylangan.
Ma’lumot uchun, 1960-yilda tug‘ilgan Elyor G‘aniyev
- 1997—2002-yillarda tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri,
- 2002—2005-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (bosh vazir o‘rinbosari),
- 2005—2006-yillarda tashqi ishlar vaziri (bosh vazir o‘rinbosari),
- 2006—2010-yillarda tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri,
- 2010—2012-yillarda tashqi ishlar vaziri (bosh vaziri o‘rinbosari),
- 2012-yil yanvaridan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 13-apreldagi farmoni bilan, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil etilgan edi.
Izoh (0)