Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan poytaxtda “Hizb ut-Tahrir” tashkiloti tarmog‘i fosh etildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Boshqarma boshlig‘i Bahodir Qurbonovga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tarmoqning faol a’zolari qo‘lga olingan va hibsda bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Uchtepa tuman IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan Go‘zal To‘xtaxo‘jayeva ishi bo‘yicha hech bir dindor hibsda emasligi, Chinoz va Yangiyo‘lda hech kim so‘roq qilinmagani bildirilgandi.
Izoh (0)