Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi, Davlat dumasi deputati Vladimir Jirinovskiy 2018-yilda prezident etib saylangan taqdirda, 1 dollarni 60 kopeyka qilishga va Rossiya uchun yangi madhiya tanlashga va’da berdi. Bu haqda Jirinovskiyning saylovoldi ma’ruzasida aytiladi, deb yozadi “RBK”.
Jirinovskiyning va’dalari orasida shuningdek, fuqarolarga davlat kompaniyalari aksiyalarini bepul tarqatish hamda chet elda rus tili va rossiyaliklarni himoya qilish ham bor.
Jirinovskiy Rossiyada muhojirlar sonini cheklamoqchi, ipotekani va kollektorlar faoliyatini taqiqlamoqchi. Bundan tashqari, u geni o‘zgartirilgan organizmlarni, yashirincha ishlab chiqariladigan aroqni taqiqlab, mamlakatga davlat standartlarini qaytarmoqchi.
RLDP yetakchisi ehtiyojmand pensionerlarning kommunal xizmatlardan qarzlaridan voz kechishni, ayollarga abortdan voz kechganligi uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lashni, beparvo avtomobilchilardan esa transport vositasini olib qo‘yishni taklif qilmoqda.
Izoh (0)