24-noyabr, juma kuni Tailandning markaziy qismidagi Singburi provinsiyasida Myanmadan mehnat muhojirlarini olib kelayotgan mikroavtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” mahalliy politsiyaga tayanib.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, halokat kechasi provinsiya ichidagi katta yo‘llardan birida yuz bergan. Mikroavtobus yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilib ketib, yonib ketgan. Yo‘lovchilarning barchasi halok bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mikroavtobus haydovchisi rulni boshqarayotib uxlab qolgan. Ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)