Qozog‘iston hamda Birlashgan Arab Amirliklari Ostona shahrida o‘zaro memorandum imzoladi, deb xabar berdi Kazakhstan Today.
Qozog‘iston mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Talgat Janjumenov Ostona shahrida BAAning Qozog‘istondagi elchixonasi qoshidagi harbiy attashesi brigada generali Rashid Al-Mehrazi bilan uchrashdi.
“Uchrashuv davomida Qozog‘iston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirligi Mudofaa vazirliklari o‘rtasida Qozog‘iston qurolli kuchlariga beminnat texnik yordam (hamkorlik) ko‘rsatish bo‘yicha memorandum imzoladi”, — deyiladi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabarida.
Izoh (0)