KXDR harbiylari janubga qochgan askarni ta’qib qilish vaqtida Janubiy Koreya bilan 1953-yilda tuzilgan yarashuv haqidagi bitimni buzdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Bunday xulosaga BMTning Janubiy Koreyadagi qo‘mondonligi mutaxassislari askarning chegara orqali o‘tishi aks etgan videoni ko‘rib, keldi. Kadrlarda soyli miltiq bilan qurollangan shimoliy koreyalik chegarachi demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, askarlar qochib ketgan safdoshiga qarata o‘t ochgan.
Qo‘mondonlikdagilar ta’kidlashicha, janubiy koreyalik harbiylarning javob harakatlari bitimga muvofiq bo‘lgan.
Shifokorlar qayd etishicha, qochish vaqtida yaralangan askar hushiga kelgan.
Izoh (0)