Kaliforniya shtatidagi Shimoliy okrug federal sudi Donald Trampning immigratsiya sohasidagi qonunchilikka rioya etmayotgan shaharlar rasmiylariga grantlar berilishiga cheklov joriy etish haqidagi farmonini konstitutsiyaga zid deb topdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sudya Uilyam Orrik o‘z qarorida Oq uy ma’muriyati AQSh Kongressi oldinroq tasdiqlagan shaharlar o‘rtasida mablag‘ taqsimlanishi tizimini bu tariqa o‘zgartirishga haqqi yo‘qligini ko‘rsatib o‘tdi.
Aprel oyida Orrik “boshpana-shaharlar” haqidagi mazkur farmon amalda bo‘lishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygandi. O‘shanda u prezident federal xarajatlarni tartibga soluvchi yangi qoidalarni bir tomonlama o‘rnatish huquqiga ega emasligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)