Rossiya Federatsiya kengashi a’zosi, biznesmen Sulaymon Kerimov Nitssa aeroportida qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
OAVga ko‘ra, Kerimov soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi bo‘yicha ushlangan bo‘lishi mumkin.
Rossiya TIV Fransiya tashqi ishlar vazirligiga Kerimov daxlsizlikni kafolatlovchi diplomatik pasportga ega ekanligini eslatdi.
Senator Fransiyaga shaxsiy ishlari bilan kelgani bildirilmoqda. Kerimov ayblovni tan olmadi, uning ishi bilan advokat shug‘ullanmoqda. Yaqin orada sud bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Kerimov Dog‘istondan senator etib saylangan. “Nafta Moskva” investitsiyaviy xoldingini boshqaradi. Forbes tomonidan tuzilgan Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari reytingida 21-o‘rinni egallagan.
Izoh (0)