Yaqinda Apple kompaniyasi o‘zining iPhone va MacBook kabi ommabop mahsulotlarini qayta ishlangan materiallardan, shuningdek, bioplastika kabi yangi materiallardan chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
“Mening bilishimcha, biz ushbu sektorda bu bilan shug‘ullanishga urinayotgan yagona kompaniyamiz. Ko‘pchilik elektronika utilizatsiyasi haqida gapiradi, lekin hech kim bunday materiallardan yangi mahsulotlarda takroran foydalanishni istamaydi”, — dedi Apple’ning atrof-muhit, siyosat va ijtimoiy tashabbuslar bo‘yicha vitse-prezidenti Liza Jekson.
Izoh (0)