Rossiya adliya vazirligi tergov hibsxonalarining barcha kameralarini televizor va muzlatgichlar bilan ta’minlashni taklif qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Vazirlik taklif qilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, tergov hibsxonalari ichki qoidalarining kameralarni televizor, muzlatgich va ventilyatsiya bilan jihozlanishini belgilovchi bandidan “imkoniyat bo‘lganda” degan jumla olib tashlanadi.
Shu tariqa kameralarni mazkur maishiy buyumlar bilan jihozlash majburiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Izoh (0)