Meksikaning Verakrus shtatida jinoyatchilar guruhi Idalgotitlan shahrining yangi saylangan meri Santana Kruz Baenani o‘ldirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qurollangan banditlar merning uyini qurshab olgani va undan ko‘chaga chiqishni talab qilgani bildirilmoqda. Baena bundan bosh tortganda jinoyatchilar eshikni buzib, uy ichiga bostirib kirdi va mer hamda uning uch nafar tansoqchisini o‘ldirdi.
Santana Baena “Yangi alyans” partiyasidan shahar rahbari etib saylangan va 31-dekabrda vazifasini o‘tashga kirishishi lozim edi.
Izoh (0)