Hukumat shakllantirish bo‘yicha dastlabki muzokaralarning bosh berk ko‘chasiga kirib qolishi Germaniyani 70 yildan buyon kuzatilmagan murakkab vaziyatga olib kelib qo‘ydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
“Biz GFR tarixida 70 yildan beri kuzatilmagan vaziyatdamiz. Bu siyosiy partiyalarni katta tahdidlar oldiga tashlamoqda”, — dedi u.
Oldinroq Germaniya erkin demokratik partiyasi Angela Merkel rahbarligidagi Xristian-demokratik ittifoqi / Xristian-sotsialistik ittifoqi bloki va “Yashillar” bilan birga hukumat tuzish borasidagi muzokaralardan chiqqan edi.
Kelishuvga erishilganida, birlashma parlamentdagi 709 mandatdan 393 tasiga yoki 55 foiz ovozga ega bo‘lardi. Liberallarsiz qolgan partiyalar 44 foiz ovozga ega bo‘ladi va ko‘pchilikka aylana olmaydi.
Izoh (0)