Rossiyalik xonanda Alla Pugachyova va qiziqchi Maksim Galkinning muxlislari ular nima uchun nikohdan o‘tishga qaror qilgani borasida o‘z taxminlarini ilgari surishni boshladi, deb yozadi 7MedNews.
Internet foydalanuvchilari Pugachyova jiddiy xastalikka duchor bo‘lgani, o‘limidan oldin nikohdan o‘tishga qaror qilganini taxmin qildi.
Ko‘pchilik tantanali marosim chog‘ida Maksim Galkinning g‘amgin holatda bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Buning ustiga, Alla Pugachyova nikoh marosimidan olingan fotosuratlarga yozgan izohida xudodan o‘ziga uzoq umr so‘ragan. Aynan shu narsa uning salomatligi yomonlashgani haqidagi xayollarni keltirib chiqardi.
Eslatib o‘tamiz, 18-noyabr kuni rossiyalik qiziqchi va teleboshlovchi Maksim Galkin xonanda Alla Pugachyova bilan nikohdan o‘tdi.
Izoh (0)