Buxoro viloyatida kollej o‘quvchisi o‘z onasini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, hodisa Buxoro tumani Rabotiqalmoq mahalla fuqarolar yig‘ini Yangiobod qishlog‘ida yuz bergan.
Tumandagi Sanoat kasb-hunar kollejining 3-kurs o‘quvchisi, 1999-yilda tug‘ilgan yigit uyda o‘zaro kelishmovchilik oqibatida 1979-yilda tug‘ilgan onasiga oshxona pichog‘i bilan urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Ayol shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan kollej o‘quvchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)