Qozog‘iston, Rossiya va BAA hukumatlari vakillari koinot sohasida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruh tuzish to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Muzokaralar chog‘ida tomonlar yuqori texnologiyali innovatsiyali ishlanmalardan foydalanib koinot sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini rivojlantirish imkoniyatini muhokama qildi. Amirlik tomoni Boyqo‘ng‘ir kosmodromi faoliyatining joriy holati va kelgusidagi istiqbollari bilan tanishdi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Uchrashuv davomida shayx Mansur al-Nahayyan BAAning “Boyterak” Rossiya—Qozog‘iston qo‘shma loyihasida ishtiroki imkoniyatini ko‘rib chiqishga qiziqish bildirgani ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)