Texasdagi poligonda 5-noyabr kuni yangi avlod Falcon 9 raketasining dvigateli portlab ketdi. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru” xabar bermoqda.
Dvigatel portlashi chog‘ida hech kim jabrlanmadi, biroq SpaceX kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun hodisani batafsil tekshirishga qaror qildi.
Qayd etish jizki, kompaniya oldinlari bunday portlashlarning oldini olishga muvaffaq bo‘lmagandi. 2015-yilda dvigatellardan biri bevosita raketa parvozi, 2016-yilda esa Falcon 9 yoqilg‘i bilan to‘ldirilishi davomida portlagan.
Izoh (0)