Xitoyning Tiangong-1 koinot kemasi Yevroittifoq hududiga qulashi mumkin. Bu haqda Yevropa koinot agentligi (ESA) ma’lum qildi.
Agentlik qurilma tushishini kuzatishni tashkillashni rejalashtirmoqda.
“Stansiya orbitasi geometriyasi tufayli qurilma bo‘laklari shimoliy kenglikning 43- darajasi shimoli yoki janubiy kenglikning 43- darajasi janubrog‘idagi istalgan hududda qulashi imkoniyatini istisno etishimiz mumkin”, — dedi agentlik koinot chiqindilari monitoringi bo‘limi rahbari Xolger Krag.
Shimoliy kenglikning 43-darajasi janubida, jumladan, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Bolgariya va Gretsiya kabi Yevropa davlatlari joylashgan.
“Bu kema mazkur kengliklar oralig‘idagi istalgan joyda, masalan, bir necha Yevropa davlatlarida qulashi mumkinligini anglatadi”, — dedi olim.
ESA rasmiy bayonotida Tiangong-1 bo‘laklari qulashi sanasi, vaqti va qulashi trayektoriyasini faqat “katta noaniqlik” bilan bashorat qilish mumkinligini bildirilgan.
Izoh (0)