69 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan rossiyalik satirik-yozuvchi Mixail Zadornov Latviyada 15-noyabr, chorshanba kuni dafn etiladi. Bu haqda uning oilasi “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Rigadagi Aleksandr Nevskiy cherkovida 15-noyabr kuni janoza marosimi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng marhum Yurmaladagi Yaundubulti qabristonida, otasining yonida dafn etiladi. Bizni bu og‘ir kunlarda qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildiramiz”, — deyiladi xabarda.
12-noyabr, yakshanba kuni Moskva viloyatidagi kasalxonalardan birida yozuvchi bilan yopiq vidolashuv marosimi o‘tkazildi. Zadornovning 100 dan ortiq muxlisi unda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Izoh (0)