Taniqli aktyor, madaniyat vazirining sobiq o‘rinbosari Fotih Jalolov “O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinandi.
“O‘zbekkino” milliy agentligining 6-noyabrdagi axborotiga ko‘ra, agentlik bosh direktori Furqat Zokirov bu haqdagi tegishli buyruqni 30-oktabr kuni imzolagan.
Fotih Jalolov bungacha uzoq vaqt davomida “O‘zbekkino” tizimida ishlagan, “O‘zbektelefilm” studiyasini boshqargan, shuningdek, Madaniyat va sport ishlari vazirligida mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.
54 yoshli Fotih Jalolov kino ixlosmandlariga “Bomba”, “Ayollar saltanati”, “Dilxiroj”, “Dev bilan pakana”, “Osmondagi bolalar”, “O‘yin” filmlari”, “Sardor” serialidagi rollari bilan tanilgan.
“O‘zbekfilm”ning avvalgi rahbari, taniqli rejissor va aktyor Hilol Nasimov oktabr oyi oxirida o‘z lavozimidan ozod etilgan edi. U kinostudiyaga 2016-yil aprelidan beri rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Izoh (0)