Rossiyalik yozuvchi va kulgi ustasi Mixail Zadornov olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda teleboshlovchi Regina Dubovitskayaning so‘zlariga asoslanib, “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.

Foto: “Vestnik Kavkaza”

“Ha, haqiqatan ham Mixail Nikolayevich vafot etdi. Boshqa hech narsa deya olmayman. Kutilmagan xabar”, — deydi teleboshlovchi.

Kulgi ustasi 69 yoshda edi. Oktabr oyining boshlarida u yangi yilgacha bo‘lgan konsertlaridan bir nechtasini sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli bekor qilishga majbur bo‘lgan edi.

Zadornov onkologik kasallikka chalingan edi.