San’at asarlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi britaniyalik Filip Muld 1618-yilga mansub suratning restavratsiya jarayoni aks etgan videoni e’lon qildi, deb yozmoqda Meduza.
Muldning so‘zlariga ko‘ra, asardan lakning bir nechta qatlami olib tashlangan. Lak qoplamasining yoshi 200 yildan ortiq bo‘lib, surat juda kuchli sarg‘aygan edi.
Muldning hikoya qilishicha, suratda Angliyada qirol Yakov I davrida yashagan ayol tasvirlangan. Suratning chizilish vaqtida ayol 36 yoshda bo‘lgan.
Moy bo‘yoqda chizilgan suratlar saqlash va tashqi ta’sirlardan himoya qilish maqsadida lak bilan qoplanadi. Biroq vaqt o‘tishi bilan qoplama sarg‘ayadi.
Izoh (0)