Iroq IShID bilan kurashda juda katta mablag‘ yo‘qotdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Haydar al-Obodiy ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Iroqning IShIDga qarshi urushdagi yo‘qotishlari 100 milliard dollarga yetdi”, — dedi Haydar al-Obodiy.
Mamlakat harbiylari oy boshida Al-Qoim shahrini ozod qilgan edi. 11-noyabr, shanba kuni esa terrorchilarning mamlakatdagi so‘nggi tayanch nuqtasi — Rava shahriga hujum boshlandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.