Saudiya Arabistoni Livanda bo‘lib turgan fuqarolarini imkon qadar tezroq ushbu mamlakatni tark etishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Livan Respublikasidagi vaziyat tufayli tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining Livanda yashaydigan yoki vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolaridan ushbu mamlakatni imkon qadar tezroq tark etishga chaqirdi”, — deyiladi xabarnomada.
Idora, shuningdek, Livanga safarlarni to‘xtatib turishni tavsiya qildi. Bayonotda buning konkret sabablari keltirilmadi.
Oldinroq Saudiya Arabistoni Livanning “Hizbulloh” qurolli guruhi uyushtirgan hujumlarni urush e’lon qilishi sifatida baholashini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)