Ginnesning rekordlar kitobi vakillari yil sarhisobini qilish jarayonida turli sohalarda erishilgan qiziqarli muvaffaqiyatlar bilan tanishtiradigan ajoyib ma’lumotlar tayyorlamoqda, deb yozadi National Geographic.
Rapid-sitida joylashgan “Sudralib yuruvchilar bog‘i” rekordlar kitobidan jahondagi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha eng yirik bog‘ sifatida o‘rin olgan.
U 1937-yilda mahalliy “ilonsevar” lardan biri 21 yoshli Erl Broklsbi tomonidan tashkil etilgan.
XXI asrda ham “Sudralib yuruvchilar bog‘i” tashrif buyuruvchilarni hayratlantirmoqda. Unda saqlanayotgan jonivorlarning aksariyati rekord natijalarni qayd etgan sudralib yuruvchilar turlariga mansubdir.
Bu yerda filsimon toshbaqalarni uchratish mumkin. Mazkur sudralib yuruvchi toshbaqalarning boshqa turlari orasida eng sekin harakatlanadigani, deb tan olingan. Uning tezligi soatiga 0,37 kilometrni tashkil etadi.
Taqqoslash uchun: Kosasi teridan iborat toshbaqa soatiga 10 kilometrgacha harakatlanadi.
Filsimon toshbaqaning uzunligi 1,8 metr, og‘irligi 400 kilogrammni tashkil etib, u dunyodagi eng yirik toshbaqa hisoblanadi.
Bog‘da rekord natijalarni qayd etgan sudraluvchilar orasida dunyodagi eng zaharli, eng uzun, eng chaqqon ilonlarni va yana ko‘plab ajabtovur hayvonlarni ko‘rish mumkin.
Izoh (0)