Amerikaning Shimoliy Karolina shtati Nyuton shahrida yashovchi erkak o‘z hovlisidagi basseyndan sigir topib oldi. Bu haqda WBTV telekanali xabar bermoqda.
Hodisa 8-noyabr kuni yuz berdi. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, unga basseynga nimadir tushib ketgandek tuyulgan.
U uydan chiqib, basseynni ko‘zdan kechirganida suv yuzini qoplagan plyonka ostidan ikkita shox ko‘rinib turardi. Plyonkani olib tashlagan uy egasi suvda turgan sarg‘ish sigirni ko‘radi. Shundan so‘ng u qutqaruvchilarni chaqirgan. Oradan ikki soat vaqt o‘tgach esa 300 kilogrammli sigirni basseyndan olib chiqishdi.
“Katoba okrugidagi yetti yillik ish faoliyatim mobaynida bu basseyndan topilgan birinchi sigir”, — deydi hayvonlar ustidan nazorat bo‘limi xodimi Jenna Arseno.
Izoh (0)