Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasida hujjatlar imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.Komilov, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Q.Abdurahmonov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri R.Meredov O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmaniston davlat chegaralarining tutash hududi to‘g‘risida shartnomani imzoladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilingani haqidagi yorliqlar almashildi.
Mazkur hujjatlar mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va ishonchni, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Izoh (0)