2017-yilning 9-noyabr kuni O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda. Delegatsiya tarkibiga Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Yevropa komissari Neven Mimitsa va boshqa rasmiy shaxslar kiradi.
Yevropa Ittifoqining yuqori mansabdor vakillarini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilishi rejalashtirilgan.
Tashrif dasturiga ko‘ra YeI delegatsiyasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Izoh (0)