O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 7-noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 8 067 so‘m 62 tiyin etib belgilandi. Bu 31-oktabrdagi kursga nisbatan 10 so‘m 50 tiyinga kam. Qayd etish joiz, bungacha dollar kursi ketma-ket uch hafta o‘sdi. O‘sishdan avval esa kurs besh hafta davomida pastlagan edi.
7-noyabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 9367 so‘m 31 tiyin (31-oktabrdagi kursga nisbatan 13 so‘m 81 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 136 so‘m 62 tiyin (31-oktabrdagi kursga nisbatan 2 so‘m 65 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)