Saudiya Arabistoni shahzodalaridan biri — Asir viloyati gubernatorining o‘rinbosari Mansur bin Mukrin vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Vertolyot mamlakat janubida halokatga uchradi. Uning bortida boshqa yuqori martabali mansabdorlar ham bo‘lganni bildirilmoqda.
Havo kemasi bo‘laklari topilgani bildirilmoqda. Halokatda omon qolganlarni qidirish davom etmoqda.
Izoh (0)