Ispaniya milliy politsiyasi 6-noyabr, dushanba kuni Marokash fuqarosini IShID bilan aloqalarda gumon qilib, qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ispaniya IIVga ko‘ra, operatsiya Valensiya avtonom hamjamiyatidagi Sagunto aholi punktida o‘tkazildi.
47 yoshli marokashlik IShID safiga jangarilar yollash bilan shug‘ullangani taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Ispaniyada hozirda 5 bosqichli terrorchilik tahdidining 4-darajasi e’lon qilingan. Mamlakatda 2015-yildan beri terrorchilar bilan aloqalarda gumon qilinib, 200 dan oshiq odam hibsga olindi.
Izoh (0)