Rossiyalik olimlar nima sababdan kosmosga birinchi bor zotdor it emas, boshpanasiz it uchirilganiga tushuntirish berdi: Laykaning tashqi ko‘rinishi suratbop bo‘lgan, shuningdek, u kosmik kemada erkak itlardan ko‘ra kamroq joyni egallagan. Bu haqda Phys.org’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Biz urg‘ochi itlar o‘zlarining tabiiy ehtiyojini qondirishi uchun oyoqlarini ko‘tarishiga hojat yo‘qligi, shuningdek, erkak itdan ko‘ra kamroq joyni egallagani uchun tanladik. Bundan tashqari ko‘cha itini tanlashimizga sabab, ular zotdor itlar kabi injiq emas va ancha izlanuvchan”, — dedi Rossiya Fanlar akademiyasining Tibbiy-biologik muammolar instituti biologi, Layka va boshqa itlarni parvozga tayyorlagan Adilya Kotovskaya.
Layka kosmosga 1957-yilning 3-noyabrida “Sputnik-2” sovet raketasi orqali uchirilgan.
Laykaning hayoti o‘zidan keyin kosmosga parvoz qilgan Belka va Strelkanikidan farqli o‘laroq fojiali tarzda yakunlangan — konstruktorlar xatosi va kapsulada termoregulyatsiya tizimining yo‘qligi sabab u parvozdan bir necha soat o‘tgach halok bo‘lgan.
Izoh (0)