3—4-noyabr kunlari Vyetnamga yopirilgan “Damri” tayfuni qurbonlari soni 49 kishiga yetdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Shuningdek, 27 kishining bedarak yo‘qolgani ma’lum qilindi. Hukumat vakillari odamlarning aynan nima sababdan vafot etganiga oydinlik kiritmagan.
Ikki mingdan ortiq uylar tayfun tufayli buzilgan, yana 80 mingta uylarga zarar yetgan.
Mavzuga doir: Vyetnamda tayfun sabab 10 dan ziyod odam halok bo‘ldi
Izoh (0)