Toshkent shahar IIBB poytaxtda Xellouin o‘tkazilishi taqiqlangani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “Repost.uz” xabar bermoqda.
Boshqarma vakiliga ko‘ra, 31-oktabr kuni poytaxtda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, biroq mazkur bayram nishonlanishini man etish va kafe, bar, restoranlarni yopish haqida ko‘rsatma berilmagan.
“Kuzatishlarimizga ko‘ra, aynan shu kuni yoshlar tomonidan jamoat tartibini buzish holatlari ko‘payadi. Ulardan ko‘pchiligi ushbu bayram munosabati bilan ko‘ngilochar maskanlarda kechgacha qolib ketadi, spirtli ichimliklar iste’mol qiladi va bu huquqbuzarliklar soni ko‘payishiga olib keladi. O‘z navbatida, huquq-tartibot idoralari shunday hodisalarni bartaraf etish va bezorilarni qo‘lga olishga qaratilgan choralarni amalga oshiradi”, — ta’kidladi IIBB xodimi.
Izoh (0)