AQSh rasmiylari Rossiyaning Nyu-Yorkdagi diplomatik obyektlariga borish va tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha 20 ga yaqin so‘rovini rad etdi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi vakolatxonasi katta maslahatchisi Maksim Musixin ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Diplomat o‘tgan yil dekabrida AQSh rasmiylari mulk huquqi Rossiyaga tegishli bo‘lgan Long-Aylenddagi ko‘chmas mulkni “egallab olgani”ni eslatib o‘tdi.
“Davlat departamenti tomonidan mazkur obyektga borish uchun ruxsat olish tartibi o‘rnatildi. Biz mulkimiz holatini tekshirish va avariya holati yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun 20 marotabaga yaqin shunday ruxsat so‘radik. Davlat departamenti har gal sababini izohlamay rad javobini berdi”, — ta’kidladi Musixin.
Izoh (0)