Eron chegara xizmatining sakkiz nafar xizmatchisi mamlakat shimoli-g‘arbining Turkiya bilan chegaradosh qismida jangarilar bilan yuzaga kelgan to‘qnashuv oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Eron televideniyesiga asoslanib, “Interfaks” xabar berdi.
To‘qnashuv Tehrondan taxminan 865 kilometr shimoli-g‘arbda, G‘arbiy Ozarbayjon viloyatida sodir bo‘lgan.
Shuningdek, mamlakat televideniyesining ma’lum qilishicha, to‘qnashuv oqibatida jangarilar ham jiddiy talafot ko‘rgan. OAVlar ushbu jangarilar qaysi tashkilotga a’zo ekanligiga aniqlik kiritmagan.
Izoh (0)