IShID terrorchilik tashkiloti Nyu-Yorkdagi terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deb yozadi “Korrespondent.net” Reuters’ga tayanib.
Terrorchilar o‘z bayonoti borasida hech qanday isbot-dalil keltirmadi.
Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr kuni Nyu-Yorkning Manxetten tumanida yuk mashinasi velosiped yo‘lagiga o‘tib, o‘z yo‘li ustidagi velosipedchilarni bosib ketdi, so‘ng maktab avtobusiga borib urildi. Yuk mashinasi haydovchisi, O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov politsiya tomonidan yaralandi. Terakt oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ortiq kishi jarohatlandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)