Rossiya Davlat dumasi deputati Natalya Poklonskaya Facebook’dagi sahifasida Oktabr inqilobi yetakchisi Vladimir Leninning jasadini dafn etishni yoqlab chiqqan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Ramzan Ahmadovichni qo‘llab-quvvatlayman va poytaxt markazida jasadni tomosha qilish insoniylik emas, deb hisoblayman. Nahotki, marhumning omma uchun eksponat sifatida turishi kimningdir yuragida xursandchilik va yorug‘ hissiyotlarni uyg‘otishi mumkin?” — deb yozdi u.
Izoh (0)